Foydalanish shartlari
Yangilangan: 2026-06-30
Mafia Online'dan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz. Iltimos, ularni diqqat bilan o'qing.
O'yindan foydalanish
Mafia Online o'yini bepul taqdim etiladi. O'yindan shaxsiy, qonuniy va ko'ngilochar maqsadlarda foydalanishingiz mumkin.
Adolatli o'yin va xulq-atvor
- Boshqa o'yinchilarni haqorat qilish, tahdid yoki kamsitish taqiqlanadi.
- Cheat, bot (ruxsatsiz), yoki o'yinni buzuvchi dasturlardan foydalanish taqiqlanadi.
- Spam, reklama va boshqa o'yinchilarning huquqlarini buzish taqiqlanadi.
- Qoidabuzarlik akkauntni cheklash yoki bloklashga olib kelishi mumkin.
VIP va Telegram Stars
VIP profil — bu faqat ko'rinishni o'zgartiruvchi (animatsiya, ramka, toj) ixtiyoriy raqamli mahsulot va u o'yin natijasiga ta'sir qilmaydi. VIP Telegram Stars orqali sotib olinadi. Texnik nosozlik tufayli mahsulot yetkazilmasa, qo'llab-quvvatlash bilan bog'laning — masalani hal qilamiz.
Mas'uliyatni cheklash
O'yin "borligicha" taqdim etiladi. Biz uzluksiz ishlashga harakat qilamiz, lekin texnik ishlar yoki nosozliklar tufayli vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.
O'zgarishlar
Ushbu shartlar yangilanishi mumkin. Yangilangandan so'ng o'yindan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilik hisoblanadi.
Bog'lanish
Savollar bo'lsa: support@mafiaonline.uz yoki @StarsPaymeeSupport.